Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tashabbusi bilan viloyat 3-sektoriga qarashli Shofirkon tumanida olib borilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, kuni kecha viloyat 3-sektori rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov tashabbusi bilan tumanning bir necha mahallalarida bir vaqtning o‘zida keng ko‘lamli ishlar boshlab yuborilgan edi.
Bugun ham ushbu manzilli ishlarning mantiqiy davomi sifatida yana 4 ta mahalla, jumladan, Yangiqishloq, Nekkishi, Chitgaron va Jilvon mahallalarida ham bir qator ishlar amalga oshirildi.
Dastlab, tuman markaziy futbol o‘yingohi old maydonida boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov hamda IIV JXD boshlig‘ining o‘rinbosari Probatsiya xizmati boshlig‘i polkovnik Sharof Uralovlar tomonidan tadbirga jalb etilgan kuch vositalar ishtirokida kengaytirilgan yo‘riqnoma o‘tkazilib, aniq vazifalar belgilab olindi.
Ushbu mahallalarda soat 08:00 dan boshlab bir vaqtning o‘zida quyidagi tadbirlar boshlab yuborildi, jumladan:
- aholininn mavjud muammolarini aniqlash yuzasidan masʼul rahbarlar ishtirokida sayyor qabul;
- oziq-ovqat mahsulotlarining arzonlashtirilgan yarmarkasi;
- tumanda faoliyat olib borayotgan korxona, tashkilot hamda muassasalarda, ayniqsa mazkur mahallalarga yondosh tadbirkorlik subyektlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha mehnat yarmarkasi;
- viloyat hamda tuman sog‘liqni saqlash muassasalarining malakali xodimlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik;
- mahallalarda istiqomat qilayotgan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular ongida Ona Vatanga muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida viloyat ichki ishlar organlari tasarrufidagi maxsus texnikalar va qurol-yaroqlarning ko‘rgazmali namoyishi;
- aholiga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida tuman hokimligi Madaniyat bo‘limining xushovoz xonandalari ishtirokida ko‘ngilochar konsert dasturlari tashkillashtirildi.
Shuningdek, “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan ushbu mahallalarda istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan fuqarolar xonadonlariga uyma-uy borilib, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va zaruriy muolajalar qilinib, dori-darmonlar tarqatildi.
Bunday tadbirlar tasdiqlangan grafik asosida viloyat 3-sektoriga qarashli barcha mahallalarda tizimli ravishda amalga oshiriladi.
Ko‘zlangan maqsad esa aholining mavjud muammolariga yechim topish, ularning farovon turmush tarzini taʼminlashdir.