2 Dekabr 2023 yil 2016

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Press-tur o‘tkazilishi to‘g‘risida eʼlon qiladi

Buxoro viloyati 3-sektoriga qarashli Shofirkon tumanining "Quyi- Chuqurak" mahallasida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tashabbusi bilan keng ko‘lamli qurilish-taʼmirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

"8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni" munosabati bilan joriy yilning 4 dekabr kuni yangicha qiyofa kasb etgan ushbu mahallaning ochilish marosimi o‘tkaziladi.

Mazkur mahallada amalga oshirilgan ishlarni hamda tashkillashtirilgan tadbirlarni ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarning rasmiy sahifalari orqali keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati tomonidan “Press-tur” tashkillashtirilmoqda.Mazkur “Press-tur”ga viloyatimizda faoliyat olib borayotgan barcha Ommaviy axborot vositalari vakillari, mustaqil jurnalist va blogerlar, Jurnalistlar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi aʼzolarini taklif etamiz.

???? P/s: “Press-tur” ishtirokchilarini manzilga olib borish uchun viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan maxsus kuzatuv ostida transport tashkil etilgan bo‘lib, avtobus soat 8.30 da viloyat IIB ning 2-binosi oldidan jo‘nab ketadi.

Text to speech