Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov huzurida yil yakunlari hamda 2025 yilda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan tarkibdagi tezkor yig‘ilish o‘tkazildi
Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari, videokonferensaloqa tizimi orqali hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari hamda barcha shaxsiy tarkib ishtirokida o‘tkazilgan tanqidiy-tahliliy muhokama yig‘ilishida quyidagi masalalar:
- viloyatda joriy yilning hozirgi kuniga qadar sodir etilgan hamda aniqlangan jinoyat va huquqbuzarliklarning kelib chiqishiga omil bo‘lgan sabab hamda shart-sharoitlar;
- jinoyat va huquqbuzarlikni oldini olish borasida izchillik bilan davom ettirilayotgan keng ko‘lamdagi "Xavfsiz hudud dolzarb 50 kunlik" tezkor hamda profilaktik tadbirlarining natijalari hamda bu borada joylarda yo‘l qo‘yilgan tizimli kamchiliklar;
- muqaddam sudlanganlar, probatsiya nazorati ostida, ichki ishlar organlari hamda sog‘liqni saqlash muassasalarining hisobida turuvchi shaxslar bilan olib borilayotgan tezkor, profilaktik hamda hamkorlikdagi manzilli ishlar;
- jinoyat, huquqbuzarlik va boshqa hodisalar xususida 102 maxsus avtomatlashtirilgan tizimi orqali kelib tushayotgan xabarlar, ariza va boshqa murojaatlar bilan ishlash, bunda, oila turmush doirasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik hamda jinoyatlarni tezkorlik bilan sektor rahbarlari va boshqa mutasaddilar hamda faollar ishtirokida joyiga chiqib muhokama qilish;
- voyaga yetmaganlar, yoshlar va ayollar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida, ayniqsa, uzoq muddatga chet elga chiqib ketgan yoki qaytib kelgan fuqarolar, ularning oila aʼzolari, qarovsiz qolgan voyaga yetmagan farzandlari bilan manzilli profilaktik tadbirlarni kuchaytirish;
- "E material" elektron tizimiga joylangan materiallar bo‘yicha belgilangan muddatlarda qonuniy qarorlar qabul qilinishi hamda javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash;
- sodir etilayotgan jinoyatlarning “mahallabay” hamda “sohabay” muhokamasini tashkil etish;
- huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyasiga aʼzo idoralar masʼullari bilan hamkorlikda oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni barvaqt aniqlash va oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar;
- huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tashabbusi bilan aniqlanadigan jinoyat va huquqbuzarliklarni tayyorgarlik jarayonidayoq aniqlash borasidagi tezkor qidiruv tadbirlarni samarali tashkil etish;
- qidiruv eʼlon qilingan shaxslarni ushlash hamda mavhum holatda sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish choralarini ko‘rish orqali javobgarlikning muqarraligini taʼminlash hamda bedarak yo‘qolganlarni topish;
- bunda asosan, giyohvand hamda psixotrop moddalar, pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanishi, tabiiy gaz hamda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlashga doir manzilli, tezkor hamda profilaktik tadbirlar surʼatini oshirish;
- tergov sifatini oshirish, surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv hamda dastlabki tergov harakatlari davomida qonuniylikni taʼminlash;
- maxsus muassasalarda saqlanayotgan shaxslar bilan olib borilayotgan profilaktik ishlarni kuchaytirish, ularning mavjud muammolarini o‘rganish va hal etish;
- viloyat 3-sektoriga qarashli Shofirkon, G‘ijduvon, Vobkent tumanlari hamda shahar va tumanlarning 3-sektorlarida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish borasidagi ishlarni kuchaytirish, bunda har bir belgilab berilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash;
- o‘tkazilayotgan shaxsiy, sayyor hamda ommaviy qabullarda kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘laqonli ko‘rib chiqib, hal etish yoki natijasi yuzasidan asoslantirilgan qarorlar qabul qilinishini taʼminlash;
- mahallalarning infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlarini ekib bog‘lar yaratish, ijtimoiy soha obyektlari (umumtaʼlim maktabi, maktabgacha taʼlim muassasasi, qishloq vrachlik punkti hamda mahalla fuqarolar yig‘ini binolari) ning qish mavsumida biror bir muammoga duch kelmasligini oldini olishga doir kundalik nazoratni uo‘rnatish;
- hududlarda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, kameralashtirish, yashil energiya manbalari, xususan quyosh panellarini o‘rnatish va uning afzalliklari yuzasidan korxona, tashkilot va muassasalar, savdo va xizmat ko‘rsatish shaxobchalari, aholi xonadonlarida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini kuchaytirish bilan birga, aniq reja asosida manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq noxush holatlarni oldini olish maqsadida, taalluqli mutasaddi idoralar vakillari, mahalla yettiligi hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda targ‘ibot tadbirlarini kundalik davom ettirish;
-viloyat hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ommaviy tadbirlar, xususan, yaqinlashib kelayotgan "Yangi yil" tantanalari vaqtida, bayram archasi o‘rnatiladigan hududlarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday favqulodda holatlar va ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olishga doir bajarilishi lozim bo‘lgan manzilli ishlarni amalga oshirish;
- shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat va ijro intizomi hamda qonuniylikni mustahkamlash, xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan har qanday korrupsiogen holatlarga chek qo‘yish, bunday salbiy holatlarni oldini olishga doir manzilli ishlarni kuchaytirish;
- kundalik xizmatni olib borishga jalb etilgan xodimlarning o‘z vazifalarini bajarishga layoqatini o‘rganish borasidagi ishlarni kuchaytirib, kundalik yo‘riqnomalarni sifatli o‘tkazish, shaxsiy tarkibning jangovar shayligi, hushyorlik hamda ogohlikni kuchaytirgan holda xizmat olib borishlarini taʼminlash masalalari birma bir muhokama qilindi.
Ko‘tarilgan har-bir masala yuzasidan tegishli sohaviy xizmatlar masʼullari, hududiy ichki ishlar organlari rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, eng avvalo muqaddam belgilab olingan yil yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni bekamu ko‘st bajarish, shuningdek, har bir mahalla, huquq-tartibot maskanlari, hududiy ichki ishlar bo‘linmalari, shahar-tuman ichki ishlar organlari, sohaviy xizmatlar hamda mustaqil boshqarmalar kesimida 5 yillik tanqidiy-tahlililiy maʼlumotlar asosida kelgusi 2025 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning yo‘l xaritalarini ishlab chiqish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov o‘z so‘zi yakunida, “intizom, fidoyilik va halollik bilan ish samaradorligiga erishish mumkinligini, qatʼiy tartib-intizom har qanday toifadagi rahbarning o‘zida bo‘lishi va u qo‘l ostidagi shaxsiy tarkibga shaxsiy namuna ko‘rsatishi lozim”ligini alohida taʼkidlab o‘tdi va berilgan barcha topshiriqlarning ijrosi alohida nazoratga olindi.