20 Dekabr 2024 yil 1147

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov huzurida navbatdagi tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda quyidagi masalalar:

- 2024-yil uchun ochilgan nomenklatura yig‘ma jildlarini sohaviy xizmatlar hamda hududiy ichki ishlar organlari kesimida qayta ko‘rikdan o‘tkazib, belgilangan tartibda tayyorlab topshirish va yangilarini ochish;

- ichki ishlar organlari ixtiyorida bo‘lgan maxsus vositalarni taftishdan o‘tkazib, taʼminotni yaxshilashga doir taklif tayyorlash;

- viloyat ichki ishlar organlarida mavjud bo‘lgan bo‘sh lavozimlarni munosib kadrlar bilan jamlash yuzasidan tayyorlanayotgan shaxsiy tarkib bo‘yicha buyruq loyihasiga takliflar berish;

- 2025-yilda viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan yo‘l xaritalarini har bir mahalla, hududiy ichki ishlar organlari bo‘linma va bo‘limlar, shahar-tumanlar, sohaviy xizmatlar kesimida tayyorlash ishlarini yakunlash;

- pirotexnika vositalarining viloyatimizga noqonuniy kirib kelishi va oldi-sotdisi bilan bog‘liq jinoyat va huquqbuzarliklarni aniqlashga qaratilgan tezkor hamda profilaktik tadbirlarni jadallashtirish;

- qidiruv eʼlon qilingan shaxslarni ushlash, mavhum holatda sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish hamda bedarak yo‘qolganlarni topish borasida olib borilayotgan tezkor tadbirlarni kuchaytirish;

- oldi olinishi mumkin bo‘lgan, og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni barvaqt oldini olishga doir manzilli ishlarni, ijtimoiy profilaktik tadbirlarni alohida nazoratga olish;

-"E material" elektron tizimiga joylangan materiallar bo‘yicha belgilangan muddatlarda qonuniy qarorlar qabul qilinishi hamda javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash;

-jinoyat alomatlari yaqqol namoyon bo‘lgan holatlar yuzasidan qilingan murojaatlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlarini sifatli o‘tkazib, qonuniy qaror qabul qilish;

-ayollar, yoshlar va voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldini olishga doir belgilab berilgan vazifalarning ijrosi;

-muqaddam sudlanganlar, profilaktik, probatsiya hisobida turuvchi shaxslar bilan manzilli profilaktik tadbirlarni kuchaytirish;

- uzoq muddatga ketgan, qaytib kelganlar, ularning oila aʼzolari va voyaga yetmagan farzandlari bilan ishlash bo‘yicha muqaddam berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash;

-viloyat ichki ishlar organlarining barcha sohalarini raqamlashtirish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha aniq takliflarga asoslangan loyihalarni taqdimot qilish;

- viloyat IIB YHXB maʼmuriy binosi bazasida qurilayotgan tezkor boshqaruv markazida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash ishlarini jadallashtirish;

-viloyat 3-sektoriga qarashli G‘ijduvon, Shofirkon, Vobkent tumanlari, hamda shahar tumanlarning 3-sektoriga qarashli mahallalarda istiqomat qiluvchi aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolariga yechim topish;

- aholini yaqinlashib kelayotgan "Yangi yil" bayrami kunlarida sifatli oziq ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida markazdan tortib, olis qishloq va ovullargacha arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil etish;

- viloyat hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ommaviy tadbirlar, xususan, yaqinlashib kelayotgan "Yangi yil" tantanalari vaqtida, bayram archasi o‘rnatiladigan hududlarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday favqulodda holatlar va ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olishga doir bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar birma-bir muhokama qilindi.

Ko‘tarilgan har-bir masala yuzasidan sohaviy xizmatlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ijro va xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilish, har bir topshiriqni belgilab berilgan sanada bajarib axborot berish, bunda rahbarlar qo‘l ostidagi shaxsiy tarkibning kundalik vazifalarini to‘g‘ri taqsimlagan holda nazorat qilishi, yil yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan belgilab berilgan vazifalarni bekamu-ko‘st bajarishi qatʼiy talab qilindi.

Text to speech