3 Avgust 2024 yil 1542

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida “Saylov huquqi: inson qadriga yuksak e'tibor” mavzusida navbatdagi ma'naviy ma'rifiy mashg‘ulot o‘tkazildi

Maʼrifat darsida boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari hamda shaxsiy tarkib ishtirok etishdi.

Mavzu yuzasidan IIV Buxoro akademik litseyi huquqiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Baxromov Bexruz maʼruza qildi.

Mashg‘ulot davomida nutq so‘zlagan Boshqarma boshlig‘i o‘z so‘zida saylov jarayoni muhim siyosiy tadbir ekanligini alohida taʼkidlab, ichki ishlar organlari xodimlarining saylov to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari va o‘z bilimlarini mustahkamlab borishlari zarurligini ta'kidladi.

Mashg‘ulot davomida o‘tgan hafta mobaynida Respublikamiz siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida yuz bergan yangiliklar shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazildi.

Shuningdek, shaxsiy tarkib tomonidan xizmat intizomi va qonun talablariga rioya qilish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, taʼmagirlik va poraxo‘rlikka yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Maʼrifat darsi yakunida Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov tomonidan bir guruh xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech