25 Noyabr 2024 yil 1880

Buxoro viloyati ichki ishlar organlarining yil yakuniga qadar amalga oshirishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalari belgilab olindi

Bugun erta tongdan, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov boshchiligida kengaytirilgan tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.

Videokonferensaloqa tizimi asosida o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishda, Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar va hududiy ichki ishlar organlarining rahbarlari hamda barcha shaxsiy tarkib ishtirok etdi.

Joriy yilning yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar ko‘rib chiqilgan tezkor yig‘ilishda quyidagi asosiy masalalar birma bir muhokama qilindi.

Eng avvalo, joylarda xizmatni kuchaytirilgan hamda tizimli ravishda  tashkil etish, xizmat va ijro intizomi hamda maxfiylik tartibiga qatʼiy rioya qilish, shu jumladan:

- jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida o‘tkazilayotgan "Xavfsiz hudud dolzarb 50 kunlik" profilaktik tadbirlarini jadallashtirish, bunda ayniqsa og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni oldini olishga doir profilaktik tadbirlarni kuchaytirish;

 - muqaddam sudlangan, profilaktika hamda probatsiya nazoratida turgan shaxslar bilan amalga oshirilayotgan manzilli tadbirlarni yana-da jadallashtirish;

- huquqbuzarlik hamda jinoyatlarga doir kelib tushayotgan ariza va xabarlar yuzasidan surishtiruv hamda tergovga qadar tekshiruv harakatlarini sifatli o‘tkazib, eng qisqa muddatlarda qonuniy qarorlar qabul qilinishini taʼminlash;

- qidiruvdagi shaxslarni ushlash, bedarak yo‘qolganlarni topish, ochilmagan jinoyatlarni fosh etish, oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning profilaktikasini kuchaytirish;

- jamoat hamda yo‘l harakati xavfsizligi, huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash, shu jumladan “qizil” va “sariq” mahallalarda tezkor hamda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish orqali “yashil” toifali mahallalar sonini oshirish;

- yashash, ishlash, o‘qish yoki boshqa sabablar bilan uzoq muddatga chet elga chiqib ketgan yoki qaytib kelgan fuqarolar bilan manzilli ishlash, ularning mavjud muammolariga yechim topish;

 - hududlarda sodir etilgan jinoyatlarni joyiga borib “mahallabay” yoki “sohabay” muhokama qilinishini tashkil etish;

- "E material" elektron tizimiga joylangan materiallar bo‘yicha belgilangan muddatlarda qonuniy qarorlar qabul qilinishini hamda javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash;

- tergov sifatini oshirish, surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv hamda dastlabki tergov harakatlari davomida qonuniylikni taʼminlash;

- jinoyatlarni hisobdan yashirish bilan bog‘liq salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik;

- kunduzgi hamda tungi patrullik guruhlarining yo‘nalishlarini kundalik qarorlar asosida kriminogen vaziyatdan kelib chiqib o‘zgartirib borish;

- maxsus muassasalarda saqlanayotgan shaxslar bilan rahbarlar ishtirokida o‘tkazilayotgan profilaktik suhbatlarni alohida nazoratga olish;

- viloyat hududida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanishini oldini olish maqsadida tezkor hamda profilaktik tadbirlarni o‘tkazish;

-“Xodimbay” tizimi asosida xodimlarning mavjud muammolari, oilaviy sharoitlarini o‘rganish;

- shaxsiy tarkib ustidan kundalik nazoratni kuchaytirib, xizmat intizomi hamda qonuniylikni taʼminlash, xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan intizom buzilishi bilan bog‘liq holatlarga qarshi manzilli hamda keskin choralar ko‘rish, taʼmagirlik hamda boshqa korrupsiogen holatlarga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalar birma bir tahliliy muhokama qilindi.

Ko‘rib chiqilgan har-bir masala yuzasidan boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar masʼullari, hududiy ichki ishlar organlari rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, yil yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar belgilab berildi.

 

Text to speech