9 Dekabr 2023 yil 1119

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov G‘ijduvon tumanida jinoyatchiligi oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi

Bugun, 9 dekabr kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik M.Yu.Miralimov G‘ijduvon tumanida bo‘lib, mahallalarda jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarning ahvoli, tuman hududidagi jinoyatchilik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan, kriminogen vaziyati og‘ir, “qizil” toifadagi mahallalarda amalga oshirilgan ish natijalari yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazdi.

Muhokamada sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularga omil bo‘layotgan shart-sharoitlar birma-bir tahlil qilindi.

Boshqarma boshlig‘i mahallalarning kriminogen vaziyatiga taʼsir qilayotgan omillar, kompleks yondashuv asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, salmog‘i yuqori bo‘lgan jinoyatlarni oldini olishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda maxsus kontingent bilan ishlashning zamonaviy uslublarini qo‘llashga doir alohida topshiriqlar berdi.

Shuningdek, kelgusida jinoyatchilikni oldini olish maqsadida, 10-sonli qo‘shma qaror talablaridan kelib chiqib “qizil”toifadagi mahallalarda “xonadonbay”, “oilabay” va “fuqarobay” tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidladi.

Yig‘ilish yakunida boshqarma boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov tuman IIB masʼul xodimlarining har biriga ijrochilik intizomiga qatʼiy rioya qilishlari, huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasidagi tezkor, profilaktik va tashkiliy tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va samarali tashkil etishlari lozimligini, zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda tashabbus ko‘rsatib, qo‘l ostidagi xodimlarga shaxsiy namuna bo‘lishlari yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

Text to speech