14 Iyun 2024 yil 1556

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Qurbon hayiti bayrami tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida jamoat xavfsizligini taʼminlashga bag‘ishlangan tezkor yig‘ilish o‘tkazildi

Yig‘ilishda, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov, viloyat hokimi o‘rinbosari, DXX Buxoro viloyati boshqarmasi, FVB, Milliy gvardiya boshqarmasi boshliqlari hamda masʼul xodimlari, shuningdek, taalluqli idoralar mutasaddilari ishtirok etishdi.

Qurbon hayiti bayrami tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha zarur bo‘lgan barcha tashkiliy, tezkor hamda profilaktik chora-tadbirlar belgilab olindi.

Ushbu muhim ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida xavfsizlikni yuqori darajada taʼminlash, odamlar to‘planadigan jome masjidlari atrofida jamoat tartibini saqlash, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish, yo‘l harakati va yong‘in xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish borasida hamkorlikda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan vazifalar belgilab olinib, har bir yo‘nalish bo‘yicha masʼullarga topshiriqlar berildi.

Text to speech