Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov viloyat 3 sektori hududiga qarashli G‘ijduvon tumanida "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi
Xabaringiz bor, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov hududlarda bo‘lib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolari yechim topish, hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, mahallalarda "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining ko‘lami bilan tanishmoqda.
Boshqarma boshlig‘ining bu boradagi navbatdagi o‘rganishlari G‘ijduvon tumanida bo‘lib o‘tdi.
Tumanning “Chorsu” mahallasida joylashgan 1 sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi oldidagi ko‘prik taʼmirtalab holatga kelgan edi.
Hozirgi kunda ushbu ko‘prik Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tashabbusi bilan taʼmirlanmoqda.
Qurilish jarayonini bevosita ko‘zdan kechirgan boshqarma boshlig‘i ushbu ko‘prikni tez suratda va yuqori sifat darajasida qurib mahalla aholisi foydalanishi uchun topshirish zarurligi borasida ko‘rsatmalar berdi.
Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov G‘ijduvon tumanidagi o‘rganishlari davomida "Qoraxoni" mahallasi hamda tuman 3 sektori shtabi binolarning qurilish jarayonini ham ko‘zdan kechirdi.
Boshqarma boshlig‘i o‘z so‘zida, hududlarga amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari suratini oshirish, eng asosiysi yangidan qad rostlayotgan inshootlarni zamon talablari asosida, mahalla vakillari hamda hudud aholisi foydalanishi uchun qulay tarzda tez va yuqori sifat asosida qurib foydalanishga topshirish zarurligi borasida masʼullarga manzilli topshiriqlar berdi.
Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunovning "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosidagi o‘rganishlari davom etmoqda.