Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov huzurida YHXB xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda sodir etilgan xizmat intizomi va qonun buzilishi bilan bog‘liq holatlar shuningdek, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tahliliy-tanqidiy muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
Muhokamada boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Uktam Askarov, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi rahbariyati hamda boshqarma apparati xodimlari ishtirok etdishdi.
Dastlab, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Bekzod Ulug‘bekov Buxoro viloyati hududidagi avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish yuzasidan axborot berdi.
Bunda, tasdiqlangan rejalar asosida ish olib borish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda barcha bir yoqadan bosh chiqarib rahbarlardan tortib oxirgi inspektorgacha kuchaytirilgan tartibda xizmat faoliyatini olib borish to‘g‘risida va viloyatda sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalariga har bir yo‘l patrul xizmati xodimi masʼul ekanligi shuningdek "mahallabay" ishlash tizimi bo‘yicha ham uyushqoqlik bilan faoliyat olib borish kerakligi aytib o‘tildi.
Shundan so‘ng, viloyat hududida namunali harakat xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishi hamda boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi.
Bundan tashqari, tizimda mavjud muammolar o‘rtaga tashlanib, ularni bartaraf etish va samarali xizmatni tashkil etish borasida masʼullarga manzillari aniq topshiriqlar berildi.