10 Fevral 2024 yil 1287

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov boshchiligida Buxoro shahrining "Muxtor Ashrafiy" mahallasida jinoyatchilikning navbatdagi “mahallabay” muhokamasi o‘tkazildi

Muhokamada sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularga omil bo‘layotgan shart-sharoitlar birma-bir tahlil qilinib, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar borasida so‘z yuritildi.

Mahallada kelgusida jinoyatchilikni oldini olish maqsadida, "xonadonbay", "oilabay" va "fuqarobay" tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, keng jamoatchilik vakillari, korxona va tashkilot hamda mahallalar masʼullariga jinoyatchilikni barvaqt oldini olish bo‘yicha birinchi navbatda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ijtimoiy profilaktik chora-tadbirlar yuzasidan ham tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, mahalladagi muammolarni o‘z vaqtida hal qilish, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollariga aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami bilan tizimli ish olib borish kerakligi to‘g‘risida topshiriqlar berildi.

Text to speech