10 Fevral 2024 yil 1149

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov ishtirokida Buxoro tumanida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida sodir etilgan iqtisodiyot sohasidagi firibgarlik jinoyatlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Muhokama yig‘ilishida tuman sektor rahbarlari, iqtisodiy kompleks va banklar masʼul rahbarlari, mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.

Bunda, tuman prokurori Karim Ikramov so‘zga chiqib, joriy yilning yanvar oyi hamda fevral oyining o‘n kunligida tumanda aynan iqtisodiy kompleks masʼul xodimlari tomonidan sodir etilgan turli jinoyatlar, ayniqsa firibgarlik holatlari, ushbu jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, sabab bo‘lgan shart-sharoitilar xususida batafsil maʼlumot berib, mazkur turdagi jinoyatlarni oldini olish borasida tuman huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va boshqa jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov so‘zga chiqib, muhokamada ishtirok etayotgan mutasaddilarning masʼuliyatini yana-da oshirish, javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash borasida olib borilayotgan tezkor hamda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, nazorat timini yana-da shaffof qilish, shuningdek, aynan iqtisodiy kompleks masʼul xodimlari tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan mazkur turdagi jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish borasidagi o‘zining bir qator tavsiya hamda takliflarini bildirdi.

Bu kabi manzilli profilaktik tadbirlar viloyatning boshqa barcha shahar va tumanlarida davom ettirilmoqda.

Text to speech