14 Fevral 2024 yil 1943

Buxoro viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning huquqiy, kasbiy va jangovar tayyorgarligi oshirish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023 yil 20 yanvardagi 10-son qaroriga asosan viloyat ichki ishlar organlarining Jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati xodimlarini huquqiy, kasbiy va jangovar tayyorgarligini oshirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda. 

Unda ochiqlik sharoitida xizmatni qanday olib borish, ichki ishlar organlari va jamoatchilik nazorati subyektlarining o‘zaro hamkorligi qanday bo‘lishi kerakligi, axborot tarqatish jarayonida qanday huquq va majburiyatlar mavjudligi, nopok jamoatchilik vakillaridan qanday himoyalanish kerakligi xususida atroflicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, xizmat jarayonida yuqori zo‘riqishlar, stressli vaziyatlar, xizmat faoliyati davomida fuqarolar bilan muomala madaniyatiga rioya qilish yuzasidan ham tushunchalar berilib, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish borasida zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Mashg‘ulotlarda kundalik xizmatda hamda jangovar vaziyatlarda qo‘llaniladigan maxsus vositalar xarakteristikasi, ularni qo‘llash tartibi, shuningdek maxsus transport vositalari va o‘qotar qurollar, zararsizlantirish qurilmalari haqida to‘liq maʼlumot berildi.

Shuningdek, “Kalashnikov” avtomati va “Makarov” pistoletlarining taktik texnik xususiyatlarini o‘rgatish, ushbu qurollarni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish bo‘yicha malakalarini oshirish, shuningdek yakuniy sinovlar qabul qilish bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi.

Xodimlarning huquqiy kasbiy va jangovar tayyorgarligini oshirish bo‘yicha o‘quv-amaliy kurslari yakuni bo‘yicha sinovlar qabul qilinadi.

 

Text to speech