Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov IIB Kadrlarni tayyorlash markazida bo‘ldi
Bugun, 15-fevral kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Buxoro akademik litseyida joylashgan Kadrlarni tayyorlash markaziga tashrif buyurdi.
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023 yil 20 yanvardagi 10-son qaroriga asosan viloyat ichki ishlar organlarining Jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati xodimlarini huquqiy, kasbiy va jangovar tayyorgarligini oshirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda.
Boshqarma boshlig‘i olib borilayotgan o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashayotgan xodimlar bilan suhbatlashib, huquqiy, kasbiy va jangovar tayyorgarlikni oshirish bo‘yicha o‘zining tavsiyalarini berdi.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘i antropometrik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan xodimlarning bilim saviyasini aniqlash maqsadida o‘tkazilayotgan attestatsiya jarayonini ham ko‘zdan kechirdi.
Boshqarma boshlig‘i xodimlar bilan suhbatda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, doimiy sport bilan shug‘ullanish professional faoliyatni mustahkamlashga xizmat qilishini alohida taʼkidladi.
O‘rganishlar doirasida polkovnik Mirajamol Miralimov IIV Buxoro akademik litseyi yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, dars jarayonlarida qatnayotgan o‘quvchilar bilan suhbat olib bordi.
Bunda, bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarning taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar xususida to‘xtalib, ular bu imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanib kelajakda vatanimizga sadoqat bilan xizmat qiladigan kadrlar bo‘lib yetishishlari zarurligi taʼkidlandi.
Boshqarma boshlig‘i shu kuni IIV Buxoro akademik litseyida joylashgan, viloyat ichki ishlar organlarining shonli tarixi aks etgan “Jasorat” tarixiy muzeyi faoliyatini ham o‘rgandi.