22 Fevral 2024 yil 2418

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov Buxoro shahridagi kasb-hunar maktabida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida uchrashuv o‘tkazdi

Buxoro viloyati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan boshqa taalluqli tashkilotlar masʼullari bilan hamkorlikda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ular ongiga vatanparvarlik, mardlik tuyg‘ularini singdirish, jinoyatchilik va huquqbuzarlik yo‘liga kirishlarini oldini olish borasida keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Boshqarma boshlig‘i boshchiligida o‘tkazilgan uchrashuv bu boradagi ishlarning uzviy davomi bo‘ldi.

Uchrashuvda boshqarma boshlig‘i mamlakatimiz kelajagini belgilashda shijoatli, qatʼiy, maqsadni aniq qo‘yib, shu asosda harakat qilayotgan yoshlarning o‘rni katta ekanligini alohida taʼkidlab, kelajak egalarining barkamol bo‘lib voyaga yetishi, ilmu fan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni puxta egallashi, davr talablari asosida taʼlim va tarbiya olishi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilayotgan sharoitlar xususida so‘z yuritdi.

Tadbirda shuningdek, voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlar hamda maʼmuriy huquqbuzarliklar, voyaga yetmaganlarni tarbiyalash hamda ularga taʼlim berish bilan bog‘liq majburiyatlarni bajarmayotgan ota-onalarga nisbatan qo‘llanilgan qonuniy choralar haqida maʼlumotlar berilib, yoshlarga darslarga o‘z vaqtida qatnashib, bilimlarni puxta egallashlari kerak alohida taʼkidlandi.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov boshchiligidagi bu kabi uchrashuvlar viloyat bo‘ylab davom etmoqda.

Text to speech