11 Iyul 2024 yil 1209

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov boshchiligida Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Konvoy guruhi xodimlari o‘rtasida xizmat intizomini mustahkamlash borasida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Muhokamada dastlab, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan masʼullarning axboroti tinglanib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar birma-bir tahlil qilindi.

Tanqidiy tarzda o‘tgan yig‘ilishda, aynan ushbu soha xodimlari tomonidan konvoy tadbirlarini tashkil etish davrida yo‘l qo‘yilgan qo‘pol xato va kamchiliklar birma bir muhokama qilinib, bir qator masʼul rahbarlar va xodimlarga nisbatan intizomiy taʼsir choralar ko‘rilishi to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.

Kelgusida mazkur soha faoliyatini va ushbu bo‘limda xizmat qilayotgan shaxsiy tarkibning ish samaradorligini oshirish, xodimlarning kundalik xizmat faoliyati, ularning xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishlari ustidan idoraviy nazoratni kuchaytirish borasida aniq chora tadbirlar belgilab olindi.

Jarayonda xodimlarga xizmat intizomiga hamda qonunchilikka rioya qilish, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lish, xizmat vazifasini bajarishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, xizmatga taalluqli bo‘lmagan ishlarga aralashmaslik yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, xizmat mobaynida poraxo‘rlik va taʼmirchilik hamda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, xizmatga sovuqqonlik bilan qaragan, vakolat doirasidan chetga chiqqan xodimlarga qatʼiy chora ko‘rilishi alohida taʼkidlandi.

Boshqarma boshlig‘i boshchiligidagi bu kabi muhokama yig‘ilishlari barcha sohaviy xizmatlar kesimida davom ettirilmoqda.

Text to speech