Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov boshchiligidagi masʼullar tomonidan G‘ijduvon tumanida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, qish mavsumini betalafot o‘tkazish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
Bunda, ijtimoiy obyektlar, maktab, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, tuman markaziy shifoxonasi, oilaviy shifokorlik punktlaridagi qozonxonalarning sozligi va yuzaga kelayotgan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek boshqarma boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari boshchiligidagi masʼullar tomonidan kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi ishlar ham o‘rganildi.
Mahallalarning kriminogen vaziyatiga taʼsir qilayotgan omillar, kompleks yondashuv asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, salmog‘i yuqori bo‘lgan jinoyatlarni oldini olishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda maxsus kontingent bilan ishlash kerakligi borasida alohida topshiriqlar berildi.
Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati boshchiligidagi bu kabi o‘rganishlar Buxoro viloyati bo‘ylab davom etmoqda.