4 Iyun 2024 yil 874

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov Probatsiya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi

Bugun,Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi faoliyatini ham o‘rgandi.

Boshqarma boshlig‘i Probatsiya bo‘limida olib borilgan o‘rganishlar davomida dastlab, maʼmuriy binoda xodimlar hamda nazorat ostidagi shaxslar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Jarayonda, xodimlarga xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lish, shuningdek, nazorat ostidagi shaxslarning qayta jinoyat sodir etishlarini oldini olish, mustaqil tayyorgarlik asosida xodimlarning o‘z ustida muntazam ishlashi, zamonaviy bilim va malaka ko‘nikmalarini egallashi, jismoniy va jangovar tayyorgarlik darajasini oshirib borishi yuzasidan topshiriqlar berdi.

Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining bu kabi o‘rganishlari davom etmoqda.

Text to speech