22 Sentyabr 2024 yil 1249

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov viloyat 3-sektoriga qarashli Shofirkon hamda G‘ijduvon tumanlarida paxta yig‘im-terimida ishtirok etayotgan ilg‘or terimchilar bilan uchrashdi

Xabaringiz bor, hozirgi kunda viloyatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i masʼul bo‘lgan 3-sektorga qarashli G‘ijduvon, Shofirkon hamda Vobkent tumanlarida ham “Paxta-2024” mavsumi qizg‘in pallaga kirgan bo‘lib, kuzning o‘zgaruvchan iqlimi sharoitida paxta dalalaridagi hosilni uyushqoqlik bilan yig‘ib olish muhim vazifa hisoblanadi.

Shu munosabat bilan bugun viloyat 3-sektor rahbari Ikromjon Tursunov o‘ziga biriktirilgan Shofirkon hamda G‘ijduvon tumanlarida bo‘lib, paxta-yig‘im terimi mavsumida terimchilarga yaratilgan sharoitlar, xavfsizlik choralarining ko‘rilgani, terim pullarining o‘z vaqtida berilishi yuzasidan o‘rganishlar olib bordi.

Jarayonda ilg‘or terimchilarni rag‘batlantirish maqsadida ularga esdalik sovg‘alarini ulashdi.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida paxta terimi mavsumida hosilni payhon va talon-taroj qilinishini oldini olish, paxtani tashishga mo‘ljallangan transport vositalari va tirkamalar, terim otryadlarini uyushqoqlik bilan ko‘chirishda foydalanilayotgan avtobuslarning texnik xavfsizligini, yo‘llarda harakatlanish vaqtida harakat xavfsizligini taʼminlash ishlarini alohida nazoratga olish, ular bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarini sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, shu bilan birga hasharchilarning xavfsizligini taʼminlash va ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratib berish yuzasidan masʼullarga aniq vazifa hamda topshiriqlar berildi.

Bu kabi o‘rganishlar davom etmoqda.

Text to speech