Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli Shofirkon tumanining Shibirg‘on mahallasida o‘tkazildi
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan amaliyotga joriy etilgan aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmi, bugun markazdan tortib olis qishlog‘u ovullarda yashayotgan yurtdoshlarimizning yillar davomida to‘planib qolgan muammolari yechimiga xizmat qilmoqda. Xabaringiz bor, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov hududlarda bo‘lib, bevosita holining mavjud muammolarini o‘rganish, ularni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazmoqda.
Boshqarma boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli Shofirkon tumanining Shibirg‘on mahallasi aholisi bilan o‘tkazildi.
Viloyat 3-sektor shtabi aʼzolari, tuman sektor rahbarlari, taalluqli idoralar masʼullari ishtirokida o‘tkazilgan yuzma-yuz muloqotda 10 nafar fuqarolarning 15 dan ortiq turli masalalardagi murojaatlari birma bir ko‘rib chiqildi.
Bunda, hududiy ichki ishlar organlari faoliyatiga doir, shu bilan birga sektor faoliyati bilan bog‘liq, shu jumladan, ish bilan taʼminlash, tadbirkorlikni kengaytirishda amaliy yordam berish, yaroqsiz sim yog‘ochlarni yangilash, ichki yo‘llarni taʼmirlash va shag‘allashtirish masalalarlari ko‘tarildi.
Murojaatlarning aksariyati shu kunning o‘zida hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun muddat talab qilgan murojaatlar yuzasidan aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilanib, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlariga bajarish muddatlari aniq belgilangan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Albatta, bu kabi sayyor qabullarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad halq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, avvalo inson huquq hamda manfaatlarini taʼminlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratishdan iboratdir.