25 May 2024 yil 1512

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov G‘ijduvon tumanidagi Nodirabegim mahallasi “yettiligi” faoliyatini o‘rgandi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov viloyat 3-sektor hududiga qarashli G‘ijduvon tumanining Nodirabegim mahallasida bo‘ldi.

Bugungi kunda Nodirabegim mahallasida 3517 nafar aholi istiqomat qiladi. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida ushbu mahallada birorta ham jinoyat sodir etilmaganligi sababli mahalla “yashil” toifaga kiritilgan.

Boshqarma boshlig‘i tuman sektor rahbarlari hamda mahalla “yettiligi” vakillari bilan bo‘lgan suhbatda mahalla hududida obodlik va saranjomlikni taʼminlash, aholini qiynab kelayotgan muammolar va yechimini kutayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni "xonadonbay", "oilabay" va "fuqarobay" tizimi asosida o‘rganib, ularni tezkor va samarali hal qilish choralarini ko‘rish borasida tegishli topshiriqlar berdi.

Shuningdek, hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish borasida mahalla “yettiligi” vakillari tomonidan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar surʼatini yana-da oshirish borasida ham ko‘rsatmalar berdi.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunovning hududlarni o‘rganish ishlari davom etadi.

Text to speech