11 Iyul 2024 yil 1070

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov huzurida viloyat hududida jinoyatchilikka qarshi keskin kurashish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Muhokama yig‘ilishida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari hamda masʼul xodimlar ishtirok etdilar.

 Jarayonda, dastlab viloyat hududidagi jinoyatchilik salmog‘i oshgan og‘ir toifadagi mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan masʼullarning axborotlari tinglanib, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar birma-bir tahlil qilindi.

 Boshqarma boshlig‘i hududlarning kriminogen vaziyatiga taʼsir qilayotgan omillar, salmog‘i yuqori bo‘lgan jinoyatlarni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi keskin va murosasiz kurash olib borish, ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish, jinoyatchilikni jilovlashda raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish, mahallalarda xavfsiz muhit hamda aholi osoyishtaligini taʼminlash maqsadida hududlarni kameralashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi va takomillashtirish borasida qo‘shimcha topshiriqlar berdi.

Shuningdek, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi 102 elektron tizimiga kelib tushayotgan ariza va xabarlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish borasida yangicha yondashuv asosida tashkil etilishi kutilayotgan idoralararo ishchi guruh faoliyati loyixalari bilan tanishib, bu borada hamkor tashkilotlar vakillarining masʼuliyatini oshirish yuzasidan ham ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

Shu bilan birga “fuqarobay” ishlash tizimi asosida sodir etilayotgan og‘ir va o‘ta o‘g‘ir jinoyatlarning asl sabablari, unga turtki bo‘lgan omillar, mavjud kamchiliklarni birma bir tahlil qilib, ilmiy yondashuv asosida aniq va manzilli chora-tadbirlarni amaliyotga tatbiq etish, bu turdagi jinoyatlar sodir etilishining barvaqt oldini olish borasida masʼullarga manzilli vazifalar belgilab berildi.

Text to speech