13 Iyul 2024 yil 955

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Ichki ishlar organlari xodimlarining imijini shakllantirishda xorijiy tajribaning ahamiyati” mavzusida navbatdagi maʼrifat darsi o‘tkazildi

Mavzu yuzasidan Buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti dotsenti, PhD Ahmedova Mehrinigor Bahodirovna maʼruza qildi.

Mashg‘ulot davomida o‘tgan hafta mobaynida Respublikamiz siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarida yuz bergan yangiliklar shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazildi.

Shuningdek, tadbirda xizmat intizomi va qonun talablariga rioya qilish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, tamagirlik va poraxo‘rlikka yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

IIV SHXBB Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan xodimlarga respublikada sodir etilgan holatlar to‘g‘risida qisqacha maʼlumot berildi.

O‘tkazilgan mashg‘ulot yakunida uzoq yillar ichki ishlar organlari tizimida samarali mehnat qilib, hozirgi kunda nafaqada bo‘lgan isteʼfodagi podpolkovnik Hafizov Sodiq Raximovich tomonidan xodimlarga o‘z hayot yo‘llari to‘g‘risida ibratli maʼlumotlar berildi.

Text to speech