Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov Qorako‘l tumanida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yechimiga bag‘ishlangan sayyor qabul o‘tkazdi
Xalq dardini tinglash, ularning muammolariga yechim topish bugun har bir darajadagi rahbarning kunlik vazifasiga aylangan. Davlatimiz rahbari tomonidan joriy etilgan murojaatlar bilan ishlashning yangi tizimi bu ishlarda dasturulamal vazifasini o‘tamoqda.
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 3-sektor rahbari polkovnik Mirjamol Miralimov boshchiligida Qorako‘l tumanining "Quvacha" mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabulda ham bu mezon o‘z isbotini topdi.
Sayyor qabulda tuman sektor rahbarlari, viloyat va tuman 3-sektor ishchi guruhi aʼzolari, boshqa mutasaddi idoralar masʼullari, mahalla “mahalla yettiligi” hamda murojaatlariga yechim izlab kelgan fuqarolar ishtirok etdilar.
Qabulda ko‘tarilgan 10 dan ortiq fuqarolarning turli ijtimoiy-iqtisodiy murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida bartaraf etilib, ish yurituviga olingan, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olinib, mutasaddilarga har bir yo‘nalish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov mahallada “sohabay”, “mahallabay” va “fuqarobay” ish samaradorligini oshirish, aniqlangan ijtimoiy masalalarni bartaraf etish yuzasidan sektor rahbarlari va tegishli idoralar masʼullariga topshiriqlar berdi.