11 Avgust 2025 yil 1138

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida bir necha masalalarga bag‘ishlangan navbatdagi haftanoma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasini xor bo‘lib ijro etishdan boshlangan videokonferensiya aloqa tizimi asosida o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda viloyat studiyasidan Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari va shaxsiy tarkib, hududiy studiyalardan shahar va tumanlar ichki ishlar organlarining to‘liq shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Dastlab, maʼnaviyat va maʼrifat darsi doirasida ”Manfaatlar o‘chog‘i - korrupsiya o‘chog‘i” mavzusida maʼruza qilindi. Shundan so‘ng:

-joriy yilning o‘tgan davri mobaynida viloyat hududida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularga nisbatan qonuniy qarorlar qabul qilish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligi va yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar;

-O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishi bilan o‘tkazilayotgan "Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;

-shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat va ijro intizomini mustahkamlash, qonuniylikni taʼminlash masalalari birma-bir muhokama qilindi.

Ko‘tarilgan har bir masala bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilib, ularning ijrosi va natijasi mutasaddi rahbarlarning shaxsiy javobgarligi asosida nazoratga olindi.

Text to speech