Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov IIV Buxoro Akademik litseyida o‘quvchilarning taʼlim-tarbiya olishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
Bugun, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ikromjon Tursunov Ichki ishlar vazirli Buxoro Akademik litseyida bo‘lib, taʼlim muassasasida o‘quvchilarning taʼlim olishi uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.
Boshqarma boshlig‘i o‘rganishlari doirasida dastlab, viloyat ichki ishlar organlarining shonli tarixi aks etgan “Jasorat” tarixiy muzeyida bo‘lib, bu yerdagi eksponatlar bilan tanishib, muzeyni yana-da boyitish borasida o‘zining tavsiyalarini berdi.
Shundan so‘ng, boshqarma boshlig‘i litseyda tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.
Jarayonda Buxoroi sharif o‘zining buyuk allomalari, bilimli, ilmli insonlari bilan mashhur yekanligini alohida eʼtirof etib, bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan yaratib berilayotgan keng ko‘lamli imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda o‘quvchilar ushbu ulug‘ allomalarning haqiqiy davomchilari bo‘lib yetishishlari kerakligini alohida taʼkidladi.
Taʼlim dargohi rahbariyati va o‘qituvchilariga zamonaviy o‘qitish usullarini joriy qilgan holda, o‘quvchilarning bilim ko‘nikmalarini yana-da oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida qo‘shimcha to‘garaklarga jalb qilish kerakligi borasida topshiriqlar berdi.