Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunovning navbatdagi xalq bilan ochiq muloqoti Buxoro shahrining G‘afur G‘ulom mahallasida o‘tkazildi
Xabaringiz bor, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov hududlarda bo‘lib, bevosita aholining mavjud muammolarini o‘rganish, ularni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazmoqda.
Boshqarma boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli Buxoro shahrining G‘afur G‘ulom mahallasi aholisi bilan o‘tkazildi.
Viloyat 3-sektor shtabi aʼzolari, tuman sektor rahbarlari, taalluqli idoralar masʼullari ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqotda 10 ga yaqin fuqarolarning 15 dan ortiq turli masalalardagi murojaatlari birma bir ko‘rib chiqildi.
Bunda, sud-huquq masalalari, ichki ishlar organlari va 3-sektor faoliyati, shu jumladan aholini doimiy ish bilan taʼminlash, tadbirkorlikni kengaytirishda amaliy yordam berish, elektr energiyasi, yo‘l sohasidagi muammolarni bartaraf etish, tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish masalalarlari ko‘tarildi.
Murojaatlarning aksariyati shu kunning o‘zida ijobiy hal etildi.
Shuningdek, qabul davomida mahalladagi kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Albatta, bu kabi sayyor qabullarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad halq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, avvalo inson huquq hamda manfaatlarini taʼminlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratishdan iboratdir.
Boshqarma boshlig‘ining bu kabi shaxsiy hamda sayyor qabullari tasdiqlangan grafik asosida navbati bilan barcha shahar va tumanlarda davom ettiriladi.