Buxoro viloyati ichki ishlar organlariga biriktirilgan qorako‘llik uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning “Voleybol” turi bo‘yicha Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi musobaqasi o‘tkazildi
Yurtimizda “Voleybol” sport turini rivojlantirish va yoshlar o‘rtasida keng ommalashtirish maqsadida O‘zbekiston Voleybol Federatsiyasiga Ichki ishlar vaziri rahbar etib tayinlanganliklari, ushbu soha rivoji uchun dadil qadam bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Qorako‘l tumanida o‘tkazilgan mazkur musobaqa ham ushbu sport turining yoshlar orasida keng ommalashishiga xizmat qilmoqda.
18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan, qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan musobaqada, uchinchi o‘rinni Poykent mahallasi, ikkinchi o‘rinni Istiqlol mahallasi jamoasi, faxrli birinchi o‘rin esa Arabxona mahallasi jamoasi qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning taqdirlash marosimida so‘zga chiqqan Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlarni alohida eʼtirof etib, ushbu imkoniyatlardan oqilona foydalanish zarurligini taʼkidladi.
Shundan so‘ng, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va faol ishtirok etgan jamoalar hamda nominatsiyalar g‘oliblariga Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining faxriy yorlig‘i, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.