Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimovning navbatdagi sayyor qabuli Buxoro tumanining "Gulshanobod" mahallasida o‘tkazildi.
Xalq bilan muloqot qilish, yurtdoshlarimizni o‘ylantirayotgan, kezi kelganda qiynayotgan dardu muammolariga quloq tutish bugun davlat idoralari faoliyatining bosh mezoniga aylandi.
Buxoro viloyati IIB boshlig‘i viloyat 3-sektor rahbari polkovnik Mirjamol Miralimov boshchiligida Buxoro tumanining "Gulshanobod" mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabulda ham bu mezon o‘z isbotini topdi.
Sayyor qabulda shahar sektor rahbarlari, viloyat va tuman 3-sektor ishchi guruhi aʼzolari, boshqa mutasaddi idoralar masʼullari, mahalla “mahalla yettiligi” hamda murojaatlariga yechim izlab kelgan fuqarolar ishtirok etdilar.
Qabulda ko‘tarilgan 10 ga yaqin fuqarolarning turli ijtimoiy-iqtisodiy murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida bartaraf etilib, ish yurituviga olingan, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olinib, mutasaddilarga har bir yo‘nalish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov mahallada "sohabay", "mahallabay" va "fuqarobay" ish samaradorligini oshirish, aniqlangan ijtimoiy masalalarni bartaraf etish yuzasidan sektor rahbarlari va tegishli idoralar masʼullariga topshiriqlar berdi."