Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov Transport taʼminoti bo‘linmasi faoliyatini o‘rgandi
Bugun, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov Ichki ishlar boshqarmasi Moliya va Moddiy texnika taʼminoti boshqarmasi Transport taʼminoti bo‘linmasida bo‘ldi
Bu yerdagi o‘rganishlar doirasida boshqarma boshlig‘i hududning sanitar holatini yaxshilash, obodonlashtirish ishlarini olib borish, maʼnan eskirgan binolar o‘rniga yangi zamonaviy loyihalar asosida inshootlar qurish yuzasidan o‘zining bir qator taklif hamda tavsiyalarini berdi.Bundan tashqari Ichki ishlar boshqarmasi hisobida turgan avtotransport vositalari uchun yoqilg‘i moylash materiallarining yetarli zahirasi yaratilganligi, yoqilg‘i sifatini doim nazorat qilib borish, avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, haydovchilar bilan kundalik xizmat oldi yo‘riqnomalarida ularning ruhiy holatini tekshirish va tibbiy ko‘rikdan o‘tishlarini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidladi.O‘rganish davomida aniqlangan bir qator kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berdi.
Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunovning bu kabi o‘rganishlari davom etmoqda.