18 Noyabr 2024 yil 2007

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov Buxoro tumanining "Bog‘idasht" mahallasida barpo qilinayotgan “Yangi O‘zbekiston bog‘i”da tashkil etilgan "Yashil makon" umummilliy loyihasida ishtirok etdi

Mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida bu qadriyat umumxalq harakatga aylandi. Manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish uchun har bir vazirlik, hokimlik, tashkilot, korxona, mahallalarning rejalari belgilab berilmoqda.

Ular tomonidan ko‘chatlar ekiladigan maydonlarda bog‘lar tashkil etish orqali ekologik vaziyatga munosib hissa qo‘shish ustuvor vazifa etib belgilangan.

Bunda davlatimiz rahbarining shaxsan o‘zi tashabbuskorlik ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida vazirlar, sektorlar, tashkilot, korxona rahbarlari ham qo‘llariga mehnat quroli olib, ko‘chat ekishlarini ommaga havola etmoqda.

Bugun, 18 noyabr kuni erta tongdan viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimining tegishli o‘rinbosarlari, shahar-tumanlar hokimlari, masʼullar korxona va tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida ana shunday xayrli tadbir tashkil qilindi.

Tadbir avvalida viloyat hokimi Botir Zaripov so‘z olib, rahbarlarni har bir hududda, korxona va tashkilotlarda, mahallalarda, xonadonlarda daraxt ekish tadbirlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish ishlariga bosh bo‘lishga chaqirdi.

Aholining daraxt ekishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va rag‘batlantirish ishlarini yana-da kuchaytirish zarurligi qayd etildi. Bunda ekilayotgan daraxtlarning iqlimga mosligiga, sug‘orish tizimlarining mavjudligiga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi. Har bir mahalla va tumanda qaysi daraxt yaxshi ko‘karishini odamlarning o‘zi yaxshi bilishi, shu bois, ko‘chat turini aholi bilan bamaslahat tanlash kerakligi aytildi. Hisobotlarda yolg‘on maʼlumot va raqamlar aks etmasligi shartligiga urg‘u berildi.

Shuningdek,yig‘ilganlar “Yangi O‘zbekiston bog‘i” loyihasi, bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Shundan so‘ng barcha sektorlar rahbarlari, shahar-tumanlar hokimlari “Yangi O‘zbekiston bog‘i”da daraxt ekish tadbirida qatnashishdi

Text to speech