13 Iyul 2024 yil 1416

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ikromjon Tursunovning navbatdagi sayyor qabulida quvachaliklarning muammolari o‘z yechimini topdi

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan amaliyotga joriy etilgan aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmi bugun markazdan tortib olis qishlog‘u ovullarda yashayotgan yurtdoshlarimizning yillar davomida to‘planib qolgan muammolari yechimiga xizmat qilmoqda.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov boshchiligida Qorako‘l Tumanining Quvacha mahallasi aholisi bilan o‘tkazgan sayyor qabuli ham ushbu maqsadlarga xizmat qildi.

Viloyat 3-sektor shtabi aʼzolari, tuman sektor rahbarlari, tegishli tashkilot va idoralar masʼullari ishtirokida o‘tkazilgan yuzma-yuz ochiq muloqotda 10 nafar fuqarolarning 15 ga yaqin turli masalalardagi murojaatlari birma bir ko‘rib chiqildi.

Jumladan, ish bilan taʼminlash, tadbirkorlikni kengaytirishda amaliy yordam berish, yaroqsiz sim yog‘ochlarni yangilash, ichki yo‘llarni taʼmirlash va shag‘allashtirish masalalarlari ko‘tarildi.

Murojaatlarning aksariyati shu kunning o‘zida hal etildi.

Qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun muddat talab qilgan murojaatlar yuzasidan aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilanib, masʼullarga bajarish muddatlari aniq belgilangan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Text to speech