15 Oktyabr 2024 yil 777

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov Qizilqumga tutash G‘ijduvon tumanining eng olis hududlaridan biri “Baraka” MFY aholisining muammolarini joyiga chiqib o‘rgandi

Xabaringiz bor, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov markazdan tortib, olis va chekka qishlog‘u ovullarda bo‘lib, aholining mavjud muammolarini o‘rganish, ularni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazib kelmoqda.

Boshqarma boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli Qizilqumning yastanib yotgan cho‘l massivida joylashgan viloyat 3-sektoriga qarashli G‘ijduvon tumanining “Baraka” mahallasi “Oltinsoy” aholi punktida o‘tkazildi.

Viloyat 3-sektor shtabi aʼzolari, tuman sektor rahbarlari, taalluqli idoralar masʼullari ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqotda 30 dan ortiq fuqarolarning 20 ga yaqin turli masalalardagi murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.

Bunda, ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi taʼminotini, uyali aloqa operatorlarining aloqa tizimini yaxshilash, yo‘lni shag‘allashtirish, davolanish, maktab kutubxonasining fondini boyitish, taʼlim krediti, bolasini maktabgacha taʼlim tashkilotiga joylashtirish, hududda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, yer uchastkalarining kadastr hujjatlarini tayyorlashda amaliy yordam berish, qarovsiz qolgan mevali bog‘larni obodonlashtirib undan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish masalalarlari ko‘tarildi.

Har bir murojaatni hal etish bo‘yicha masʼullar belgilab olinib, ularning bajarilish mexanizmi hamda muddatlari aniq belgilandi. Murojaatlar ijrosini taʼminlash yuzasidan sektor rahbarlariga manzilli ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, alohida nazoratga olindi.

Qabuldan so‘ng boshqarma boshlig‘i mahalla bo‘ylab “xonadonbay” tizim asosida kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning mavjud muammolarini joyiga borib o‘rgandi.

Shuningdek, hududdagi umutaʼlim maktabi hamda Maktagacha taʼlim tashkilotida ham bo‘lib, yoshlarning taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni, muassasalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasini ko‘zdan kechirib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tavsiya va topshiriqlarini berdi.

Albatta, bu kabi halq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, yurtdoshlarimining muammolariga yechim topish, shu bilan birga xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Boshqarma boshlig‘ining bu kabi shaxsiy hamda sayyor qabullari tasdiqlangan grafik asosida navbati bilan barcha shahar va tumanlarda davom ettiriladi.

Text to speech