15 Noyabr 2023 yil
826
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi.
Qabul jarayonida fuqarolarning 20 dan ortiq turli masalalardagi murojaatlari Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Bahodirxo‘ja Sharipov tomonidan tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari va masʼul xodimlar ishtirokida birma-bir ko‘rib chiqildi.
Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.