Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi tezkor yig‘ilish o‘tkazildi
Joriy yilning 15 may kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi majlislar zalida boshqarma boshlig‘ining barcha o‘rinboraslari, sohaviy xizmatlar rahbarlari hamda hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari ishtirok etgan yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov olib bordi.
Bunda:
-ichki ishlar organlariga kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash, jinoyat va huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ariza va xabarlarni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqib qonuniy qaror qabul qilish;
-hisob qayd etish komissiyasining faoliyati,
-ijrochilik va xizmat intizomi, shaxsiy tarkib o‘rtasida qonuniylikni mustahkamlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xizmat hamda yashash sharoitlarini yaxshilash;
-ichki ishlar organlarining eng quyi tuzilmalarini moddiy texnikaviy jihatdan taʼminlash;
-xodimlarning maʼnaviy-maʼrifiy bilim saviyasi, kasbiy, xizmat va jangovar hamda jismoniy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini yangi bosqichga ko‘tarish;
-Ochilmagan jinoyatlarni fosh etish, qidiruvdagi shaxslarni ushlab qonun ustuvorligini taʼminlash, qidiruv-surishtiruv sohasidagi tezkor tadbirlarni jadallashtirish;
-Migratsiyadan qaytgan fuqarolar bilan ishlash, ularni ish bilan taʼminlash, ijtimoiy-iqtisodiy ko‘mak ko‘rsatish, muqim daromad manbaini yaratib berish;
-Buxoroning tarixiy obidalarini ko‘rish uchun tashrif buyurayotgan millionlab mahalliy hamda xorijiy sayyohlar xavfsizligini taʼminlash;
-3 sektorlar faoliyatini tubdan takomillashtirish, hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari suratini oshirish, fuqarolarning yillar davomida yechimini kutayotgan muammolariga barham berish, infratuzilma holatini yaxshilash;
-viloyatning 3-sektoriga qarashli G‘ijduvon, Shofirkon va Vobkent tumanlarida hamda qolgan barcha shahar-tumanlarning 3-sektoriga kiruvchi hududlarda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan dolzarb agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida tashkil qilish, g‘alla o‘rim kombaynlari va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalarining o‘z vaqtida taʼmirlanib, mavsumga shay qilib qo‘yilishini alohida nazoratga olish masalalari muhokama qilindi.
Boshqarma boshlig‘i tomonidan har bir rahbarga qo‘l ostidagi xodimlariga shaxsiy namuna ko‘rsatib ortidan ergashtirishi, shaxsiy tarkibni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kunduzgi va tungi xizmatni to‘g‘ri tashkil etish, xodimlarning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash va yuqorida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan bir qator tavsiya, ko‘rsatma va topshiriqlar berilib ijrosi alohida nazoratga olindi.