Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida hafta davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan tizimli kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.
Videokonferensaloqa tizimi orqali o‘tgan yig‘ilishda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari boshchiligida barcha sohaviy xizmatlar rahbarlari, hududiy ichki ishlar organlari rahbariyati hamda shaxsiy tarkib ishtirok etdi.
Tanqidiy tahliliy-tarzda o‘tgan muhokamada:
-joriy yilning 5 oy 15 kuni mobaynida sodir etilgan jinoyatlar tahlili;
Ochilmagan jinoyatlarni issiq izidan fosh etish, qidiruvdagi shaxslarni ushlash, bedarak yo‘qolganlarni aniqlash bo‘yicha tezkor tadbirlarning samaradorligi;
-surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv hamda tergov harakatlarini sifatli o‘tkazish;
-“E-material” tizimiga kelib tushayotgan materiallarni kundalik nazorat qilish;
-oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar yuzasidan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish;
-kiberjinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish,
- muqaddam sudlagan, Probatsiya nazorati ostidagilar, profilaktik hisobda turganlar bilan ishlash;
-kunduzgi hamda tungi patrullik yo‘nalishlarining kunlik dislokatsiyalarini tahlil va kundalik vaziyatga qarab samarali taqsimot qilish;
-xotin qizlar, yoshlar hamda voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar;
-“Dolzarb 90 kunlik” doirasi maktablar, texnikumlar, kasb-hunar kollejlari, shuningdek, oliy taʼlim muassasalari o‘quvchi va talabalari ishtirokida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirililishi lozim bo‘lgan manzilli chora-tadbirlarni samarali tashkil qilish, “Tig‘” maxsus profilaktik tadbirlarini kuchaytirish;
-og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar, tan jarohati yetkazish, oila turmush doirasidagi, shu jumladan oilaviy zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olish;
-“mahallabay” va “sohabay” tartibda jinoyatlarning muhokamasini tashkillashtirish va kelgusida jinoyatlar sodir etilishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni qatʼiy belgilash;
- Prezidentimizning "2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi 1-sonli Qarori asosida ishlab chiqilgan yo‘l xaritada belgilab berilgan vazifalarning yarim yillik uchun mo‘ljallangan bandlarining ijrosini taʼminlash;
-joriy yilning 10 iyun kunidan 10 iyul kuniga qadar viloyattmizning barcha hududlarida o‘tkazilishi belgilangan, barcha maxsus, tezkor hamda profilaktik tadbirlarni o‘z ichiga olgan “Xavfsiz hudud dolzab 30 kunlik” tadbirlarini samarali tashkil etish;
-xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va ijro intizomini mustahkamlash, qonuniylikni taʼminlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Ko‘tarilgan har-bir masala yuzasidan tegishli sohaviy xizmatlar masʼullari, hududiy ichki ishlar organlari rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.