16 Noyabr 2023 yil 2327

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov Shofirkon tumanidagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yakka –yolg‘iz nuroniylar holidan xabar oldi

Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tibbiy ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Ayniqsa, o‘zgalar parvarishi va ko‘magiga muhtoj fuqarolar, yolg‘iz qariyalar, nafaqaxo‘r va nogironlarga yordam ko‘rsatish, ular holidan xabar olish, g‘amxo‘rlik qilish, davlat qaramog‘iga olib, moddiy-maʼnaviy ko‘maklashishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Boshqarma boshlig‘i boshchiligidagi masʼullar Shofirkon tumanida istiqomat qiluvchi bir qator o‘zgalar ko‘magiga muhtoj qariyalar xonadonlarida bo‘lishdi. Jarayonda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan, yotib qolgan, keksa fuqarolar bilan suhbatlashdi, murojaatlariga quloq tutdi, ularga sihat-salomatlik tiladi. Shuningdek, "Sahovat va ko‘mak" mablag‘lari hisobidan nuroniylarga oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.
Text to speech