17 Yanvar 2024 yil 2209

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov boshchiligida Buxoro shahrida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish borasidagi chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Unda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, Buxoro shahar IIO FMB rahbariyati hamda tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Bunda, o‘tgan 2023 yil hamda joriy yilning birinchi o‘n kunligida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning sabablari batafsil tahlil qilinib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan manzilli ishlar belgilab olindi.

O‘tgan hisobot yilida Buxoro shahrida jinoyatchilikni oldini olish borasida yo‘l qo‘yilgan tizimli kamchiliklar, mahallalarda sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning ahvoli tanqidiy muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida barcha sohaviy xizmatlar rahbarlari va masʼul xodimlarining har biridan ijrochilik intizomiga qatʼiy rioya qilishlari, huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasidagi kechiktirib bo‘lmas tezkor, profilaktik va tashkiliy tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va samarali tashkil etishlari lozimligi, zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda tashabbus ko‘rsatib, qo‘l ostidagi xodimlarga shaxsiy namuna ko‘rsatishlari talab qilindi.

Text to speech