17 Noyabr 2023 yil
2410
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimovning Kogon va Buxoro shahri hamda Kogon va Qorovulbozor tumanlari fuqarolari uchun sud-huquq masalalariga bag‘ishlangan ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirig‘i asosida fuqarolardan kelib tushayotgan sud-huquq masalalari bo‘yicha murojaatlarni aholi bilan bevosita har tomonlama chuqur o‘rganish va qonuniy hal etish maqsadida tashkil etilgan qabulda fuqarolarning 10 dan ortiq turli mazmundagi murojaatlari qabul qilindi.
Murojaatlarning 3 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa qolgan murojaatlar muddat talab etganligi sababli masʼullarga yo‘naltirilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.