8 Avgust 2024 yil 1837

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov Peshku tumanining Zandani mahallasi aholisi muammolari yechimiga bag‘ishlangan sayyor qabul o‘tkazdi

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib borayotgan bo‘lsangiz, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ikromjon Tursunov aholi bilan doimiy muloqot qilib, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni aholiga yetkazish borasida bevosita joylarga chiqib, aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazib kelmoqda.

Bugun ham boshqarma boshlig‘i Peshku tumanining “Zandani”mahallasida aholi murojaatlarini tingladi.

Viloyat 3-sektor shtabi aʼzolari, tuman sektor rahbarlari, tegishli tashkilot va idoralar masʼullari ishtirokida o‘tkazilgan yuzma-yuz ochiq muloqotda 10 dan ortiq fuqarolarning 15 ga yaqin turli masalalardagi murojaatlari birma bir ko‘rib chiqildi.

Jarayonda asosan ish bilan taʼminlash, taʼlim krediti, tadbirkorlikni kengaytirish, elektr taʼminotidagi past kuchlanishni bartaraf etish, ichki yo‘llarni taʼmirlash, piyodalar yo‘laklarini barpo etish, sunʼiy notekisliklar hamda tartibga soluvchi svetofor o‘rnatish masalalari ko‘tarildi.

Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olingan murojaatlar yuzasidan aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilanib, masʼullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, aholi bilan muloqotda bildirilgan takliflar, ko‘tarilgan muammolar asosida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush sharoitini yana-da yaxshilash, mahallalarda yangi ish o‘rinlarini yaratish, asosan “Temir”, “Yoshlar” va “Ayollar” daftarlariga kirgan, ishsiz fuqarolarni doimiy ish bilan taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Bu kabi sayyor qabullar viloyatimizning 3-sektoriga qarashli G‘ijduvon, Shofirkon va Vobkent tumanlarining barcha hududlarida, bundan tashqari, qolgan shahar va tumanlarning 3-sektorlariga qarashli mahallalarida tasdiqlangan grafik asosida o‘tkazib boriladi.

Text to speech