16 Iyul 2024 yil 1356

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov G‘ijduvon, Shofirkon hamda Vobkent tumanlari ichki ishlar organlari tomonidan joriy yilning olti oyi davomida amalga oshirilgan ish natijalarini ham tanqidiy muhokama qildi

Xabaringiz bor, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov shahar va tumanlarga borib, hududiy ichki ishlar organlarining 6 oylik ish natijalarini muhokama qilib kelmoqda.

Bugun ham boshqarma boshlig‘i, viloyatning uchta hududi, G‘ijduvon, Shofirkon hamda Vobkent tumanlarida bo‘ldi.

Ushbu tumanlarda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari va boshqa masʼul rahbarlar, shuningdek, mazkur hududiy ichki ishlar organlarining boshliqlari hamda barcha shaxsiy tarkibi ishtirokida joriy yilning yarim yillik hisob davrida amalga oshirgan ishlari, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida jinoyat hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalarni muhokama qildi.

Muhokamalarda yuqorida aytib o‘tilgan asosiy masalalardan tashqari shaxsiy tarkib o‘rtasida ijro va xizmat intizomini mustahkamlash, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish bilan bog‘liq salbiy holatlarni oldini olish borasida yo‘l qo‘yib kelinayotgan tizimli kamchiliklar ham birma bir tahlil qilindi.

Tanqidiy va tahliliy tarzda o‘tgan muhokama yig‘ilishlarida har bir masala yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglanib, mutasaddilarning ish natijalari birma-bir ko‘rib chiqilib, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bir qator rahbarlar va xodimlarga nisbatan intizomiy taʼsir choralarini qo‘llash yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Yakunda, muhokama qilingan ushbu hududlarda kelgusi chorak davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan ishlab chiqilgan yo‘l xaritalarining manzilli ijrosini taʼminlash, ayniqsa qizil toifali mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni jadallashtirish, bundan tashqari, shaxsiy tarkib o‘rtasida ijro va xizmat intizomini mustahkamlash, qonuniylikka rioya qilish, bunda o‘rta bo‘g‘in rahbarlarining masʼuliyatini yana-da oshirish borasida o‘zining bir qator tavsiya, ko‘rsatma va topshiriqlarini berdi.

Bu kabi muhokama yig‘ilishlari davom etmoqda.

Text to speech