24 May 2024 yil 1404

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov soha faxriylari holidan xabar oldi

Yurtimizda keksa avlod vakillariga hurmat ko‘rsatish, nuroniy va faxriylar holidan xabar olish yaxshi anʼanaga aylangan. Sababi, bugungi tinch va osuda kunlarimiz, farovon turmushimiz ularning mashaqqatli mehnati va bukilmas irodasi evaziga bunyod bo‘lgan.

Ayni shu ezgu maqsadlarda, bugun, 24 may kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov Vobkent tumanida umrguzaronlik faxriylar xonadonlariga borib ularning holidan xabar oldi.

Birinchi manzil: Vobkent tumanining Vobkent mahallasida yashovchi isteʼfodagi mayor Bozor Ramazonovning xonadoni bo‘ldi. U 1977 yildan 1997 yilga qadar ichki ishlar organlarida samarali mehnat qilgan. Boshqarma boshlig‘i Bozor Ramazonov bilan suhbatda uning yashash sharoiti, salomatligi hamda muammolarini o‘rgandi.

Vobkent tumanining Do‘stlik mahallasida yashovchi isteʼfodagi mayor Sobir Artikov ham ichki ishlar organlarida uzoq yillar samarali mehnat qilib yurtimiz tinchligi, fuqarolar xavfsizligini taʼminlashda o‘zining munosib hissasini qo‘shgan.

Boshqarma boshlig‘i Sobir Artikov xonadonida bo‘lganida uning xizmat yillaridagi mashaqqatlari, o‘tgan davr bilan bugungi kun ichki ishlar organlariga yaratib berilgan sharoitlar xususida ham suhbatlashib, bir qator taklif hamda tavsiyalarini oldi.

O‘rganish davomida aniqlangan nafaqadagi xodimlarning mavjud muammolari, ularning salomatligini tiklash va boshqa shaxsiy murojaatlari yuzasidan masʼullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berililib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov va sohaviy xizmatlar rahbarlari tomonidan ichki ishlar organlarining faxriylari holidan xabar olish, ularning oilaviy sharoitini o‘rganish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi tadbirlar davom etadi.

Text to speech