23 Dekabr 2024 yil 2283

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov huzurida kelgusi 2025-yilda Buxoro shahrida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlarning yo‘l xaritasi muhokama qilindi

Muhokamada boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar boshliqlari hamda Buxoro shahar IIO FMB rahbariyati ishtirok etdi.

Dastlab, Buxoro shahar IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik Rustam Yusupov shahar hududida kelgusi yilda jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarlikliklar profilaktikasini taʼminlash yuzasidan amalga oshiriladigan keng ko‘lamli chora-tadbirlar xususida ishlab chiqilgan yo‘l xaritasini taqdimot qilib, o‘z axborotini berdi.

Jarayonda yo‘l xaritasi yuzasidan boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari hamda sohaviy xizmatlar rahbarlarining taklif hamda tavsiyalari ham tinglandi.

Boshqarma boshlig‘i yo‘l xaritasini eng avvalo ilmiy yondashuv, chuqur tahlil asosida yana bir bor ko‘rib chiqish, innovatsion texnologiyalar rivojlanib borayotgan bugungi globallashuv jarayonida har bir yo‘nalishlarni raqamlashtirishga eʼtibor qaratish, xorij tajribalariga asoslangan yangi nazorat tizimlaridan kengroq foydalanish xususida o‘zining bir qator tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, Buxoro shahrining mamalakatimizning tarixiy maskanlaridan biri ekanligini, millionlab mahalliy va xorijiy sayyohlar tashrif buyurishini inobatga olgan holda hududda jinoyatchilikni oldini olish maqsadida avvalo taalluqli tashkilotlar vakillari, keng jamoatchilik bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, har bir mahalalar, hududiy ichki ishlar bo‘limlari kesimida ishlab chiqilgan yo‘l xaritalarda bugungi ko‘tarilgan har bir masalani batafsil ko‘rsatib, yechimi yuzasidan aniq chora tadbirlar belgilash lozimligini uqtirib o‘tdi.

2025-yilda viloyatda jinoyatlarni jilovlash va huquqbuzarliklarni oldini olishga doir yo‘l xaritalar barcha mahallalar, hududiy ichki ishlar bo‘limlari hamda sohaviy xizmatlar kesimida ishlab chiqilmoqda.

Text to speech