Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov Tibbiyot bo‘limi To‘dako‘l reabilitatsiya markazi faoliyati bilan tanishdi
Xabaringiz bor, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga qarashli bir qator sohaviy xizmatlarning tarkibiy tuzilmalariga borib, ish samaradorligini yaxshilashga doir o‘rganishlar olib bormoqda.
Shu maʼnoda bugun, boshqarma boshlig‘i Ichki ishlar boshqarmasi Davolash profilaktikasi muassasalari Tibbiyot bo‘limi To‘dako‘l reabilitatsiya markazi faoliyati bilan tanishdi.
Markazda bo‘lgan boshqarma boshlig‘i dastlab, xodimlar va ularning oila aʼzolarining davolanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oziq-ovqat maxsulotlari va dori-darmon taʼminoti, bemorlarga tibbiy va personal xizmat ko‘rsatish sifati bilan tanishdi.
Jarayonda tibbiyot xodimlarning kundalik ish faoliyati, muammolari va ularning yechimi bo‘yicha takliflari ham o‘rganilib, markazda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga doir o‘zining bir qator tavsiyalarini bildirib, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish borasida qo‘shimcha topshiriqlar berdi.