20 Yanvar 2024 yil 1900

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga biriktirilgan G‘ijduvon tumanining “Ko‘lijabbor” mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" dasturi doirasidagi ishlar boshlandi

Dastlab, mahalla hududida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni belgilab olish maqsadida hududga biriktirilgan tegishli tashkilot va korxonalar vakillari ishtirokida yo‘riqnoma o‘tkazdi.

Unda Prezident Administratsiyasi masʼullari, IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov, tuman sektor rahbarlari, viloyat 3-sektor shtabi aʼzolari, tegishli korxona tashkilot va idoralar vakillari hamda mahallar “yettiligi” ishtirok etishdi.

Bunda, "Ko‘lijabbor" mahallasida yo‘l, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holatini yaxshilash, elektr taʼminoti, ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasini yaxshilash, aholi salomatligini asrash maqsadida xonadonma-xonadon yurgan holda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etish zarurligi to‘g‘risida topshiriqlar berildi.

Aholi bilan bo‘lgan suhbatda ularning dardu-tashvishlari, muammolari tinglanib, mahalla ahlining murojaatlari takliflaridan kelib chiqib bu boradagi ishlar suratini oshirish zarurligi taʼkidlandi.

Shuningdek, aholi orasida tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish, pirovardida fuqarolarning bandligini taʼminlash kerakligi borasida tegishli mutasaddilarga manzillari aniq qilib belgilangan topshiriqlar berildi.

Text to speech