15 Noyabr 2023 yil 1823

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov Shofirkon tumanining "Quyi Chuqurak" mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi doirasida olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi

"Quyi Chuqurak" mahallasida bo‘lgan viloyat 3-sektor rahbari yo‘l, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holatini, xonadonlar va ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi darajasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Mahalladagi ko‘cha va xonadonlarni obod qilish, aholi uchun qulay dam olish maskanlarini yaratish, bolajonlar uchun o‘yingohlarning tashkil etilishi jarayonlari ham ko‘zdan kechirildi.

Boshqarma boshlig‘i hududda joylashgan 33-umumtaʼlim maktabining sport maydonchasida yugurish yo‘laklarini tashkil etish, yoshlarning maʼnaviy va madaniy hordiq olishlarini taʼminlash maqsadida tashkil etilayotgan istirohat bog‘i loyihasi yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.

Text to speech