Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov boshchiligida G‘ijduvon tumani IIB shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan korrupsiogen holatlarga barham berishga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
Bugun, 22 fevral kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov tomonidan G‘ijduvon tumani ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibining har biri bilan xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, tizimda turli korrupsiogen holatlarni oldini olish, murojaatlar bilan ishlashda sansolarlikka yo‘l qo‘ymaslik, taʼmagirlik va boshqa shunga o‘xshash salbiy holatlarni oldini olishga bag‘ishlangan yuzma-yuz muloqot o‘tkazildi.
Bunda, o‘tgan hisobot yili va shu yilning o‘tgan davri mobaynida tuman ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan xizmat intizomi va qonunbuzarlik holatlari, ularning kelib chiqish sabablari, shart sharoitlari keng muhokama qilindi.
Kelgusida tuman IIB shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, korrupsiogen holatlarga qarshi keskin kurashishning zamonaviy usul va uslublarini joriy qilish borasida amalga oshiriladigan ishlar, xizmat intizomini buzish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan o‘tkaziladigan xizmat tekshiruvlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, xizmatga sovuqqonlik bilan qaramaslik, poraxo‘rlik va taʼmagirlik hamda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, vakolatdan chetga chiqmaslik, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lish, ularning har qanday murojaatlari yuzasidan sansolarlikka yo‘l qo‘ymasdan, tez va sifatli tekshiruvni o‘tkazib, belgilangan tartibda huquqiy tushuntirish berish orqali murojaatning natijasini maʼlum qilishning qatʼiy talablariga rioya qilinishi yuzasidan zaruriy ko‘rsatmalar berildi.