Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi haftanoma yig‘ilishi o‘tkazildi
Videokonferensaloqa tizimi orqali o‘tgan yig‘ilishda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Bahodirxo‘ja Sharaipov boshchiligida barcha o‘rinbosarlar, sohaviy xizmatlar rahbarlari, hududiy ichki ishlar organlar rahbariyati hamda shaxsiy tarkib ishtirok etdi.
Tanqidiy tahliliy-tarzda o‘tgan muhokamada:
-joriy yilning ikki oyi mobaynida sodir etilgan jinoyatlar tahlili;
Ochilmagan jinoyatlarni issiq izidan fosh etish, qidiruvdagi shaxslarni ushlash, bedarak yo‘qolganlarni aniqlash bo‘yicha tezkor tadbirlarning samaradorligi;
-surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv hamda tergov harakatlarini sifatli o‘tkazish va yakuni bo‘yicha qonuniy qarorlar qabul qilinishining ahvoli;
-“E-material” tizimiga kelib tushayotgan materiallarni kundalik nazorat qilish va qonuniy qaror qabul qilinishini taʼminlagan holda hal etish;
-oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar, ayniqsa o‘g‘rilik, firibgarlik, tan jarohati bilan bog‘liq, oila-turmush doirasida sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga doir profilaktik tadbirlar va bunda yo‘l qo‘yib kelinayotgan tizimli kamchiliklar;
-kiberjinoyatchilikni oldini olish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati hamda huquqiy ongni oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish, shu bilan birga plastik karta bilan bog‘liq o‘g‘rilik va firibgarlik jinoyatlarini oldini olishga doir “xonadonbay” va “fuqarobay” tushuntirish tadbirlarini o‘tkazish orqali aholining kibergigiyena bo‘yicha savodxonligini oshirish;
- muqaddam sudlagan, probatsiya nazorati ostidagilar, profilaktik hisobda turganlar bilan ishlash;
-kunduzgi hamda tungi patrullik yo‘nalishlarining kunlik dislokatsiyalarini tahlil va kundalik vaziyatga qarab qayta taqsimot qilish;
-xotin qizlar, yoshlar hamda voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar;
-maktablar, texnikumlar, kasb-hunar kollejlari, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarida hamkor idoralar bilan birgalikda “Davomat” va “Tig‘” maxsus hamda tezkor profilaktik tadbirlarni kuchaytirish;
-og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar, tan jarohati yetkazish, oila turmush doirasidagi, shu jumladan oilaviy zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olish;
-“mahallabay” va “sohabay” tartibda jinoyatlarning muhokamasini tashkillashtirish va kelgusida jinoyatlar sodir etilishini oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini olib borish;
Prezidentimizning "2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi 1-sonli Qarori asosida ishlab chiqilgan yo‘l xaritada belgilab berilgan vazifalarning birinchi chorak uchun mo‘ljallangan bandlarining ijrosini taʼminlash;
- shu jumladan, aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borib, "Xavfsiz ko‘cha" loyihasini tashabbusli byudjetda yutib olish orqali moliyalashtirishning afzalliklarini tushuntirish yo‘li bilan manzilli ishlarni tashkillashtirish;
-hududlar bo‘ylab zamonaviy videokuzatuv kameralarini o‘rnatish va markazga integratsiya qilish, xonadonlar, maishiy va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini qo‘riqlash pultiga ulash, ko‘p qavatli uylar podyezdlari, umumiy ovqatlanish shoxobchalarida, korxona,tashkilot va muassasalarda tashvish signallarini o‘rnatish orqali xavfsizlikni taʼminlash borasidagi ishlar;
-viloyat va shahar tumanlarning 3-sektorlari faoliyati, hududlarda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy, maishiy muammolariga yechim topish, kambag‘allikni qisqartirish borasidagi manzilli ishlarning ahvoli;
-xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va ijro intizomini mustahkamlash, qonuniylikni taʼminlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Ko‘tarilgan har-bir masala yuzasidan tegishli sohaviy xizmatlar masʼullari, hududiy ichki ishlar organlari rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, har bir topshiriqni bajarib axborot berish, bunda rahbarlar qo‘l ostidagi shaxsiy tarkibning kundalik vazifalarini to‘g‘ri taqsimlagan holda nazorat qilishlari yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Tezkor yig‘ilish yakunida navbatdagi hamda birinchi maxsus unvon olgan xodimlarga tegishli unvonlar, shuningdek, rag‘batlantirilgan xodimlarning mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.