Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ikromjon Tursunov huzurida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
Videokonferensaloqa tizimi asosida o‘tgan yig‘ilishda boshqarma boshlig‘ining barcha o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari, hududiy ichki ishlar organlar rahbarlari hamda shaxsiy tarkib ishtirok etdi.
Tanqidiy tahliliy-tarzda o‘tgan muhokamada:
-joriy yilning 15 kunida sodir etilgan jinoyatlar tahlili;
-oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar ayniqsa o‘g‘rilik jinoyatlarini oldini olishga doir profilaktik tadbirlar va bunda yo‘l qo‘yib kelinayotgan tizimli kamchiliklar;
-muqaddam sudlagan, probatsiya nazorati ostidagilar, profilaktik hisobda turganlar bilan ishlash;
-kunduzgi hamda tungi patrullik yo‘nalishlarining kunlik dislokatsiyalarining qay darajada tashkil etilganligi, tahlil va kundalik vaziyatga qarab qayta taqsimot qilish;
-"Xavfsiz tun" tezkor tadbirini o‘tkazish;
-og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar, ayniqsa, qotillik, tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq, oila turmush doirasidagi, oilaviy zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olish;
-oilaviy nizolarni hal etishda "Vobkent tajribasi" asosida kundalik muhokamalarni o‘tkazish;
-uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi tezkor hamda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish;
-kiberjinoyatchilikni oldini olishga doir targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish;
-plastik karta bilan bog‘liq o‘g‘rilik va firibgarlik jinoyatlarini oldini olishga doir "xonadonbay" va "fuqarobay" tizim asosida targ‘ibot hamda tushuntirish tadbirlarini o‘tkazish orqali aholining kibergigiyena bo‘yicha savodxonligini oshirish;
-"mahallabay" va "sohabay" tartibda jinoyatlarning muhokamasini tashkillashtirish va kelgusida jinoyatlar sodir etilishini oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini olib borish;
-Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi negizida tashkil etilgan va bugungi kunda test rejimida ishlayotgan “Qalqon” kuzatuv markazidagi ishlarni ishlarni yakuniga yetkazish va yana-da takomillashtirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarning ijrosi;
-aholining muqobil elektr energiyasi manbalaridan, jumladan, quyosh panellaridan foydalanish madaniyatini oshirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarni yana-da jadallashtirib, manzilli ishlarni kuchaytirish;
-hududlar bo‘ylab zamonaviy videokuzatuv kameralarini o‘rnatish va markazga integratsiya qilish;
-mavjud kameralarni taftishdan o‘tkazish va nosozlarini zamonaviy kameralarga o‘zgartirish;
-qidiruvdagi shaxslarni ushlash, bedarak yo‘qolganlarni aniqlash bo‘yicha ishlarni kuchaytirish;
-ochilmagan jinoyatlarni fosh etish;
-surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv hamda tergov harakatlarini sifatli o‘tkazish va yakuni bo‘yicha qonuniy qarorlarni qabul qilinishini taʼminlash;
-“E-material” tizimiga kelib tushayotgan materiallarni kundalik nazorat qilish va qonuniy qaror qabul qilinishini taʼminlagan holda hal etish;
-uzoq muddatga ketgan, kelganlar va ularning oila aʼzolari bilan manzilli ishlash;
-har bir sohaviy xizmatni raqamlashtirish, tizimga innovatsion texnologiyalarni joriy etish;
-xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va ijro intizomini mustahkamlash, qonuniylikni taʼminlash;
-kadrlarni joy-joyiga qo‘yish, o‘qitish, kasbiy, jangovar, jismoniy tayyorgarliklarini oshirish;
-xodimlarning mavjud muammolarini "xodimbay" tizim asosida o‘rganish, ularning ijtimoiy himoyasini taʼminlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Ko‘tarilgan har-bir masala yuzasidan tegishli sohaviy xizmatlar masʼullari, hududiy ichki ishlar organlari rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, har bir topshiriqni belgilab berilgan sanada bajarib axborot berish, bunda rahbarlar qo‘l ostidagi shaxsiy tarkibning kundalik vazifalarini to‘g‘ri taqsimlagan holda nazorat qilishlari yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.