30 Oktyabr 2024 yil 1412

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunovning navbatdagi sayyor qabuli Jondor tumanining Yangiobod mahallasida o‘tkazildi

Davlatimiz rahbari tomonidan amaliyotga tatbiq etilgan aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmi bugun yurtdoshlarimizning yillar davomida to‘planib qolgan muammolari yechimiga xizmat qilmoqda.

Xabaringiz bor, Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov ham hududlarda bo‘lib, bevosita aholining mavjud muammolarini o‘rganish, ularni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazmoqda.

Boshqarma boshlig‘i boshchiligida navbatdagi sayyor qabul Jondor tumanining Yangiobod mahallasi aholisi bilan o‘tkazildi.

Viloyat 3-sektor shtabi aʼzolari, tuman sektor rahbarlari, Xalq qabulxonasi, tegishli tashkilot va idoralar masʼullari ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqotda, 15 dan ortiq fuqarolarning 20 ga yaqin turli masalalardagi murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.

Jumladan, ichki yo‘llarni shag‘allashtirish, suyultirilgan gaz taʼminotini yaxshilash, ish bilan taʼminlash, moddiy yordam, tadbirkorlikni kengaytirishda amaliy yordam berish, subsidiya asosida tikuv mashinasi olishda ko‘maklashish masalalarlari ko‘tarildi.

Bunda murojaatlarning yechimiga alohida eʼtibor qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun muddat talab qilinganlari yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib, tegishli mutasaddilarga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Qabuldan so‘ng boshqarma boshlig‘i tegishli tashkilot masʼullari hamda mahalla “yettiligi” bilan mahallada ish samaradorligini oshirish yuzasidan muhokama yig‘ilishini o‘tkazib, hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlariga yechim topish, ishsiz fuqarolarni mavsumiy ishlarga jalb etish orqali ularning daromadlarini oshirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida o‘zing tegishli ko‘rsatma va tavsiyalarini berdi.

Albatta, bu kabi sayyor qabullarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad halq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, avvalo inson huquq hamda manfaatlarini taʼminlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.

Text to speech